Fikr

Qizlarni kamsitiş şunça bölurmu, hay-hay

Albom22-avgust, 2023, 09:012 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

👩🏻 Qizlarni kamsitiş şunça bölurmu, hay-hay...

Yana öşa adolat, aniqroği Amir Temur nomi bilan qilinadigan adolatsizlik haqida.

Mandat natijalari çiqqaç, Temurbeklar maktabi bitiruvçilariga beriladigan qöşimça ball tarzidagi imtiyoz naqadar adolatsizlik ekanligi yana bir bor öz isbotini topdi.

Masalan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar yönalişida davlat granti uçun ötiş bali 205,2 ballni taşkil etgan. Natijada öz kuçi bilan, heç qanday imtiyozsiz 189 ball olgan bir neça abituriyent kontraktga kirgan. Tasavvur qilyapsizmi, ular barça savollarga 100% töğri javob bergan, töplaş mumkin bölgan maksimal ballni töplaşgan, qölidan keladigan hamma işni qilgan. Ammo...

Ammo bizning "öta aqlli" masʼullarimiz öylab topgan öta ADOLATSIZ imtiyoz natijasida davlat byudjetidan eng zör şaroitlar bilan taʼminlab qöyilgan maktabning bitiruvçilari GARÇI PAST BALL olgan bölsa ham, öşa maksimal ball olganlardan yuqoriga çiqib, davlat granti uçun ajratilgan barça örinni band qilişgan.

189 ball bilan kontraktga kirgan abituriyentlarning 3 nafari qiz bolalar (yuqoridagi suratlarda ularning natijasi). Qizlarni kontraktda öqitiş bizda nimani anglatişni juda yaxşi bilasizlar. Nega endi ular şunçaki qiz bolaligi uçun MAKSIMAL ball töplasa ham kontraktda öqişi kerak? Uning aybi qiz bolaligidami?

Töğri, kimdir aqllilik qilib aytişi mumkin, 189 ball töplaganlarga Prezident granti beriladi va ular byudjetda öqiydi, deb. Ammo bu muammoning yeçimi emas. Unda 187,9 ball töplagan qizlarçi? (4-rasmga qarang). Ular majburiy fandan atigi 1 tagina xato qilgan va endi 4 yil kontraktda öqişi kerak. Beçora qizlar, xato qilişga haqqi yöq qizlar...

Avvalgi eʼtirozlarga ham heç kim heç qanaqa munosabat bildirmagandi, bunisiga ham şunaqa bölsa kerak. Bu xuddi Markesning "Oşkora qotillik qissasi"ga öxşaydi. Hamma adolatsizlikni körib, bilib turibdi, ammo hamma körmaganga oladi, birov indamaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek