Amir Temur şoh köçasidagi davlat idoralari örniga savdo markazlari qurilişi mumkin

Matn3-aprel, 2024, 13:181 daqiqa0 koʻrish

Amir Temur şoh köçasidagi davlat idoralarining binosi örniga köp qavatli savdo markazlari qurilişi mumkin

Bu haqda Şavkat Mirziyoyev ayni daqiqalarda Toşkent faollari bilan bölib ötayotgan yiğilişda maʼlum qilgan.

Amir Temur şoh köçasi sönggi yetti yilda tadbirkorlar uçun eng jozibador köçaga, hududning ösiş nuqtasiga aylandi. Lekin köçaning 6 kilometr qismida eskirgan qiyofadagi 3-4 qavatli 8 ta davlat idoralari joylaşgan.

Bu binolarni yerosti avtoturargohi bor köp qavatli savdo, xizmat va ovqatlaniş obyektlari, ofis va mehmonxona şaklida qayta quriş şarti bilan loyihalar amalga oşirilsa, tadbirkorlar va iş örinlari sonini köpaytiriş mumkinligi qayd etildi.

Şunday loyihalarni bank filiallari örnida hamda davlat taşkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oşiriş mumkin, deyiladi rasmiy xabarda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek