Quriliş sohasi vakillari iştirokida navbatdagi oçiq muloqot
Quriliş sohasi vakillari iştirokida navbatdagi oçiq muloqot
Ayni damda Toşkent şahrida quriliş sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan oçiq muloqot bölib ötmoqda. Uşbu uçraşuv Prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotiga tayyorgarlik doirasida taşkil etilgan sektor yiğilişlaridan biridir.
Muloqotda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Soliq qömitasi, Biznes ombudsman hamda boşqa tegişli taşkilotlar vakillari iştirok etmoqda.
Yiğilişda quriliş sohasi vakillari duç kelayotgan muammolar muhokama qilinmoqda. Şu asosda amaliy takliflar işlab çiqiş, şuningdek, davlat va biznes örtasida samarali muloqot platformasini şakllantiriş maqsad qilingan.
Muloqotni uşbu havola orqali töğridan töğri kuzatiş mumkin.
- 1 Telegram Stars


