Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd söm naqd pul talon-toroj qilingan
Andijon davlat universitetida qariyb 40 mlrd söm naqd pul talon-toroj qilingan
Hisob palatasining yagona “Masofaviy nazorat” markazi tahlillari asosida aniqlaşiça, Andijon davlat universitetida jami 39,3 mlrd söm naqd pul mablağlari talon-toroj qilingan. Jumladan:
➖kontrakt mablağlari hisobidan stipendiyasiz şaklda tahsil olgan 8 ming 761 nafar talabaga 25,1 mlrd söm ortiqça stipendiya hisoblanib, tölov qaydnomalari soxtalaştirilgan;
➖talabalar tomonidan tölangan 9,3 mlrd söm tölov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
➖talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd söm rağbatlantiriş mablağlari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalaştirilgan;
➖byudjet mablağlari hisobidan 2 ming 226 nafar talabaga bitta davr uçun ikki martadan 1,1 mlrd söm ortiqça hisoblangan stipendiya özlaştirilgan;
➖talabalar yotoqxona ijarasidan tuşgan 911,8 mln sömlik naqd pullar universitet hisob raqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy özlaştirilgan;
➖universitetga xizmat uyi xarid qiliş uçun jismoniy şaxs bilan 2,5 mlrd sömlik töğridan-töğri şartnoma tuzib, şundan 300 mln sömi notöğri ötkazilgan.
Aniqlangan noqonuniy özlaştirilgan mablağlardan 5,1 mlrd sömi undirilişi taʼminlandi. Tekşiriş yakuni bilan rasmiylaştirilgan hujjatlar töplami huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborildi.
👉 @xushnudbek 👈


