Bir talabaga töğri keladigan örtaça öqitiş xarajatlari qança?
❓Bir talabaga töğri keladigan örtaça öqitiş xarajatlari qança?
Davlat oliy taʼlim muassasalarida 2023/2024-öquv yili uçun bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça kunduzgi taʼlim şaklida bir talabaga töğri keladigan örtaça öqitiş xarajatlari va uning qoplaniş holati tahlili eʼlon qilindi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tahliliga köra, örtaça taʼlim yönalişlari böyiça stipendiyasiz öqitiş xarajatlari 13 mln 640 ming sömni taşkil qiladi. Örtaça tölov kontrakt qiymati esa 7 mln 446 ming söm, yaʼni xarajatlarning 54 foizini qoplaydi.
Ayrim sohalarda kontrakt miqdori yillik xarajatlarning yarmini ham qoplamaydi.
Masalan, sanʼat yönalişida öqiydigan talaba uçun kontrakt yiliga 7 mln 771 ming söm bölsa, unga ketadigan xarajat miqdori 28 mln 759 ming sömni (27%) taşkil qiladi.
Şuningdek, sport faoliyati yönalişida amaldagi kontrakt miqdori talabaga yil davomida sarflanadigan xarajatning 36,1 foizini qoplaydi.
Kontrakt summasi xarajatlarning katta qismini qoplaydigan yönalişlar röyxatida huquq (81,2%), jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar (81,2%), jahon siyosati (81,2%), iqtisod (75,6%) va axborot texnologiyalari (75,6%) yönalişlari örin olgan.
100% xarajati qoplanadigan yönaliş mavjud emas. Lekin, adaşmasam, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tölov-kontrakt miqdori 18 mln sömdan baland edi, şu sababli mazkur oliygohda sarflanadigan xarajatga nisbatan köproq kontrakt olinayotganini köriş mumkin.
Yillik öqiş xarajatlari nimalardan taşkil topgani haqida ham batafsil maʼlumot eʼlon qilinsa, yanada yaxşi bölar edi.
👉 @xushnudbek 👈
