Andijon tumanidagi 55-maktabda öquvçilarni taʼlim hamda kasbga hamohang öqitiş tajribasi namoyiş etildi

Albom1-fevral, 2023, 15:192 daqiqa0 koʻrish

Prezident taşrifi doirasida Andijon tumanidagi 55-maktabda öquvçilarni taʼlim hamda kasbga hamohang öqitiş böyiça yölga qöyilgan tajriba namoyiş etildi.

55-maktab 2019-yil oçilgan. Ötgan yili 60 ga yaqin bitiruvçidan atigi 2 nafari oliy taʼlimga öqişga kira olgan.

Hozirda maktabning böş turgan yertölasi tadbirkorlarga ajratib berilib, 14 ta xonada 6 ta yönalişda (tikuvçilik, savat töqiş, körpa-töşak işlab çiqariş, mebelçilik, poyabzal va qandolatçilik) işlab çiqariş va kasbga örgatiş taşkil etilgan.

Şuningdek, maktab hududida nonvoyxona, avtomobillarga texnik xizmat körsatiş, payvandlaş, elektortexnika, tipografiya, kompyuter xizmati va salonlar taşkil etilgan.

Maktabning 10 va 11-sinf öquvçilaridan 75 nafari darsdan keyin işlayapti, hunar örganyapti ekan. Öquvçilar bilan suhbatlaşsak, kuniga örtaça 25-30 ming söm atrofida iş haqi olişyapti ekan.

“Işlab topgan pulimiz oila byudjetiga yordam bölyapti” deydi öquvçilar.

“Bizga yaxşi şogirdlar yetişmas edi, hozir özimiz örgatyapmiz, hunarimizni olişyapti” deydi tadbirkorlar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek