Muhim

Maktab va boğçalarda qamrovni oşiriş böyiça rejalar

Foto30-sentabr, 2024, 15:481 daqiqa0 koʻrish

❗️Maktab va boğçalarda qamrovni oşiriş böyiça rejalar:

➖Kelgusi yili byudjetdan ajratiladigan 3 trillion 200 milliard söm hisobidan 375 ta maktab va 97 ta boğça rekonstruksiya qilinadi va yangilari barpo etiladi;

➖Islom taraqqiyot banki va OPEK jamğarmasining 50 million dollar mablaği doirasida kelgusi 4 yilda 200 ta xususiy boğça qurilib, yangi 30 mingta örin yaratiladi;

➖Yangi yildan boşlab xususiy sektorda öquvçi örinlarini köpaytiriş uçun maktab oçadigan tadbirkorlarga 20 milliard sömgaça kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oşgan qismi byudjetdan qoplanadi;

➖ Yangi quriladigan xususiy maktab binolari uçun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5 yil muddatgaça byudjetdan tölab beriladi;

➖Tadbirkorlar öz hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda soliğidan ikki yil davomida teng uluşlarda çegirib taşlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek