Andijondagi maktablardan birida öqituvçilar «ixtiyoriy-majburiy haşar»ga jalb qilingan

Matn5-avgust, 2025, 10:321 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Andijondagi maktablardan birida öqituvçilar “ixtiyoriy-majburiy haşar”ga jalb qilingan. Direktor işdan böşatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatning Marhamat tumanidagi 42-sonli maktabda öqituvçilar maktab binosini taʼmirlaş işlarida qatnaşayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Viloyat Maktabgaça va maktab taʼlimi boşqarmasining maʼlum qilişiça, uşbu holat 2-avgust kuni sodir bölgan. Maktab jamoasi uşbu "haşar" ixtiyoriy ravişda ötkazilganini taʼkidlagan.

Şunga qaramay, öqituvçilarning öz lavozim majburiyatidan taşqari işlarni bajariş holatini nazoratga olmagani sababli maktab direktori Z.M lavozimidan ozod etilgan.

Şuningdek, holat yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan örganiş ötkazilib, maktab direktori öqituvçilarga "haşar"da qatnaşmasa, dars soatlarini kam taqsimlaşini aytib, majburiy mehnatga jalb qilgani aniqlangan.

Direktorga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 100 baravari (41 mln 200 ming söm) miqdorida jarima qöllanilgan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek