«Antistrumin» dori vositasini işlab çiqargan «Samo» farmatsevtik kompaniyasining litsenziyasi töxtatildi

Matn22-mart, 2024, 18:511 daqiqa0 koʻrish

“Antistrumin” dori vositasini işlab çiqargan “Samo” farmatsevtik kompaniyasining litsenziyasi vaqtinçalik töxtatildi

Gap şundaki, SSV Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ötkazgan tekşiruv işlariga köra, qöpol qonunbuziliş holatlari aniqlangani sababli, 2023-yil dekabr oyida “Samo” MÇJ litsenziyasini bekor qiliş töğrisida sudga daʼvo arizasi kiritilgan edi.

Namangandagi ommaviy zaxarlaniş holati yuzasidan tergov olib borilayotgani sababli uşbu iqtisodiy iş bilan boğliq sud jarayoni 2024-yil 19-yanvarda töxtatilgan.

Toki mana şu iqtisodiy iş böyiça yakuniy sud hujjati qabul qilinguniga qadar “Samo” MÇJning litsenziyasini vaqtinçalik töxtatib turiş töğrisida Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining tegişli ajrimi çiqarildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek