Ramazon

Ramazonning 12-kuni: Kişini özi yaxşi körgan ismi bilan çaqiriş haqida hadis

Matn22-mart, 2024, 17:541 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

22-mart, juma (12-kun)
Iftorlik vaqti: 18:39 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Hanzala ibn Hizyamdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga kişining özi yaxşi körgan ismlari va yaxşi körgan kunyalari bilan çaqirilişi yoqar edi».

📖 Şarh: Demak, bir kişini xunuk ism bilan, öziga yoqmaydigan laqab bilan çaqiriş joiz emas ekan. Qaysi ismini, qaysi kunyasini (şajarani bildiradigan laqab) yaxşi körsa, öşa ismi, öşa kunyasi bilan çaqiriş kerak ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam şu narsani yoqtirganlar.

Şu mavzuda yana bir hadis:

Oişa roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh, sollallohu alayhi vasallam:
«Ey Oiş! Mana bu Jabroil, senga salom aytyapti», dedilar.
«Unga ham salom, Allohning rahmati va barakoti bölsin», dedim.
Ul zot men körmagan narsani köradilar».

📖 Şarh: Uşbu hadisdan köramizki, yaxşi maʼnoda, erkalatib, hazil-mutoyiba tarzida ismni töliq aytmay, muxtasar qilib aytiş joiz ekan. Çunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oişa onamiz roziyallohu anhoni şunday qilib çaqirgan ekanlar.

Ayni paytda, uşbu hadisi şarifdan Oişa onamiz roziyallohu anhoning martabalari, darajalari naqadar yuksak ekanini ham tuşunib olamiz. Jabroil alayhissalomning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan salomlarini Oişa roziyallohu anhoga yetkazişni söraşlari uluğ maqom hisoblanadi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek