AQŞ havo sifatini yaxşilaş maqsadida benzinli avtomobillarga talabni yanada oğirlaştirdi

Foto25-mart, 2024, 22:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

AQŞ havo sifatini yaxşilaş maqsadida benzinli avtomobillarga talabni yanada oğirlaştirdi

Jo Badyen administratsiyasi ötgan haftada avtomobillardan atmosferaga çiqayotgan zaharli moddalar miqdorini kamaytirişga qaratilgan yangi standartlarni qabul qildi.

“Bu AQŞ tarixidagi eng muhim ekologik qarorlardan biri böldi”, deb yozmoqda The New York Times naşri.

Yangi standartlarga muvofiq, 2026-yilga borib benzinli yengil avtomobillardan havoga çiqayotgan zaharli moddalarning ruxsat etilgan miqdori 50% ga qisqartiriladi, örta yuk avtomobillari uçun esa ruxsat etilgan miqdor 44% ga kamaytiriladi. AQŞ hukumati şu yöl bilan elektr va gibrid avtomobillar sonini köpaytirişga umid qilmoqda.

Agar zaharli gaz miqdori meʼyordan oşib ketsa, yaxşigina jarima solinadi.

AQŞda avtomobillar havoni ifloslantiruvçi asosiy manba hisoblanadi. AQŞ atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi (EPA) rasmiy bayonotida, uşbu qaror jamoat salomatligini himoya qiliş, ekologik muammolarni yeçiş hamda haydovçilarning pulini tejaş maqsadida qabul qilingani aytilgan.

Hisob-kitoblariga köra, yangi normalar havoga 7 milliard tonnadan ortiq karbonat angidrid çiqindilari çiqişining oldini oladi va iqtisodiyotga har yili qariyb 100 milliard dollar foyda keltiradi. Şuningdek, havo sifatini yaxşilaş orqali soğliqni saqlaş tizimiga 13 milliard dollar foyda va haydovçilar uçun yoqilği va texnik xizmat körsatiş xarajatlarini kamaytiriş orqali 62 milliard dollar foyda olinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek