Eski maşinalar uçun majburiy kompensatsiya tölaş tartibi joriy qilinmaydigan böldi
❌ Işlab çiqarilganiga 30 yildan oşgan maşinalar uçun majburiy kompensatsiya tölaş tartibi joriy qilinmaydigan böldi
💰 Avvalroq jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan qaror loyihasida işlab çiqarilganiga 30 yil va undan ortiq bölgan yengil avtomobillar uçun 2027-yil 1-yanvardan boşlab har yili BHMning 30 baravari (12 mln 360 ming söm) miqdorida ekologik kompensatsiya joriy qilinişi nazarda tutilgan edi.
🚫 Jamoatçilikning eʼtirozlari sababli mazkur qonun loyihasi qayta körib çiqilib, yuqoridagi band loyihadan butunlay çiqarib taşlandi.
🚘 Buning örniga oçiq va şaffof tenderlar asosida bir-biridan mustaqil bölgan avtomobillarni baholaş hamda qayta işlaş korxonalari tarmoği yaratiladi. Eski avtotransport vositalari bozor qiymatida baholanadi.
📄 Avtomobil egalariga baholangan qiymat miqdorida naqd pul tölanadi yoki maxsus vauçerlar beriladi. Vauçerlardan rasmiy dilerlardan yangi avtomobil sotib olişda boşlanğiç tölov sifatida foydalaniş mumkin böladi. Bunda yangi maşina narxidan vauçer qiymati çegirib taşlanib, qolgan summani 2 yildan 7 yilgaça bölgan muddatga foizsiz, bölib-bölib tölaş imkoniyati yaratiladi.
Qonun loyihasini işlab çiqiş va qayta işlaş jarayoni davom etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

