AQŞ prezidentlik saylovi rasmiy natijalari
AQŞ prezidentlik saylovi rasmiy natijalari
AQŞdagi prezidentlik saylovida hozirça Donald Tramp 267 ta ovoz bilan yetakçilik qilmoqda. Ğolib böliş uçun 270 ta ovoz kerak.
Saylov natijasini "ikkilanuvçi" 8 ta ştat hal qilişi kutilgan edi. Yaʼni ularda kim ğalaba qozonişi nomaʼlum, bir safar demokratlarga, bir safar respublikaçilarga ovoz berişadi.
Donald Tramp hozirça öşa ştatlarning 3 tasida işonçli ğalaba qozondi — Pensilvaniya, Jorjiya va Şimoliy Karolina. Yana Arizona, Viskonsin, Nevada va Miçigan ştatlarida ham Tramp ustunlik qilmoqda.
Donald Trampning bir muddat tanaffusdan keyin ikkinçi marta prezidentlikka saylanganini rasman eʼlon qiliş şunçaki vaqt masalasi xolos.
👉 @xushnudbek 👈



