Donald Tramp AQŞning 47-prezidenti sifatida iş boşladi
🇺🇸 Donald Tramp AQŞning 47-prezidenti sifatida iş boşladi
Keça, 20-yanvar kuni AQŞda prezident Donald Trampning inauguratsiya marosimi bölib ötdi.
U öz vazifasiga kirişganidan söng, dastlabki soatlarda 10 ga yaqin farmonni imzoladi. Jumladan:
🔹AQŞda tuğilganlarga avtomatik fuqarolik berişni töxtatiş;
🔹Jahon soğliqni saqlaş taşkilotidan 12 oy içida çiqiş va taşkilotga ajratilayotgan hissalarni töxtatiş;
🔹Iqlim özgarişi böyiça 2015-yilgi Parij kelişuvidan çiqiş. Tramp özining birinçi maʼmuriyati davrida, 2017-yilda ham kelişuvdan çiqqan, biroq hokimiyatga Jo Bayden kelgaç, 2021-yil AQŞ unga qayta qöşilgan edi;
🔹 Meksika körfazini "Amerika körfazi" deya qayta nomlaş;
🔹Baydenning 2030-yilga qadar yangi avtomobillarning 50 foizi elektromobillar bölişiga erişiş dasturini bekor qiliş;
Şuningdek, u sobiq prezidentning global iqlim özgarişi böyiça köplab loyihalarini bekor qilib, ularni "yangi yaşil firibgarlik" deb atadi.
🔹 Energetika tizimida favqulodda holat eʼlon qiliş. Jumladan, Alyaskada neft burğilaşga hamda gaz eksportiga qöyilgan çeklovlarni bekor qiliş;
🔹Mamlakatda TikTok platformasining bloklanişini 75 kunga keçiktiriş;
🔹Jo Bayden tomonidan imzolangan 78 ta hujjatni bekor qiliş;
🔹Davlat çegaralarida favqulodda holat eʼlon qiliş. Xususan, noqonuniy migratsiya oqimini zudlik bilan töxtatiş;
🔹 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliydagi tartibsizliklarda ayblangan 1500 ga yaqin odamni afv etiş;
- 3 Telegram Stars



