AQŞning Gulf kompaniyasi ikki yil içida Özbekistonda 100 ta «zapravka» oçadi
⛽️AQŞning Gulf kompaniyasi ikki yil içida Özbekistonda 100 ta “zapravka” oçadi
Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Kreyg Kramer maʼlum qildi.
Unga köra, kompaniya Özbekistonda quyidagi yönalişlarda sarmoya kiritadi:
➖ Ğarb standartlariga javob beradigan kamida 100 ta yonilği quyiş şoxobçasini işga tuşiriş uçun kamida 150 mln dollar investitsiya kiritiladi;
➖ Magistral yöllar böylab sayyohlar va tranzit taşuvçilar uçun transport markazlarini taşkil etiş rejalaştirilmoqda;
➖ Uşbu loyihalar har bir obyektda kamida 30 ta yangi iş örni yaratiş imkonini beradi. Umumiy hisobda Özbekiston fuqarolari uçun 3 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratiladi;
➖ Şuningdek, kompaniya aviatsiya tarmoğini xavfsiz va barqaror yonilği bilan taʼminlaş uçun taxminan 50 mln dollar sarmoya yönaltiradi;
➖ Kompaniyaning Markaziy Osiyodagi operatsion bazasini Toşkentda joylaştiriş rejalaştirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 6 Telegram Stars



