Sport

Argentina yarim finalda

Foto12-iyul, 2026, 08:562 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇦🇷Argentina yarim finalda

Hozirgina yakunlangan öyinda amaldagi jahon çempionlari 🇨🇭Şveysariyani qiynalib mağlub etişdi. Bu öyin ham avvalgisi kabi qöşimça bölimlargaça bordi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi.

Öyinning eng muhim nuqtasi 72-daqiqada röy berdi. Umuman keraksiz joyda Şveysariya futbolçisi Brel Embolo simulyatsiya işlatib, yiqildi. Dastlab hakam Argentina öyinçisiga sariq kartoçka berdi. Lekin VAR tekşiruvidan keyin uşbu sariq bekor qilindi, aksinça, simulyatsiya uçun Embologa sariq kartoçka körsatildi. Ammo u 1-bölimda ham sariq olgandi, şu sababli ikkinçi sariq qizilga aylandi va Şveysariya 1 kişi kam bölib qoldi.

Şunday bölsa-da, Şveysariya öta matonat bilan öynadi, himoyada qattiq turdi, asosiy vaqtda 1:1 hisobini saqlab qola olişdi.

Lekin baribir Argentina yöl topa oldi. 112-daqiqada Alvarezning super zarbasi golga aylandi. Öyin oxirida butun jamoa bölib hujumga ötgan şveysariyaliklar qarşi hujumda yana bitta gol ötkazib yuborişdi, gol muallifi Lautaro Martinez.

Şunday qilib, yarim finalda ikkita klassik qarama-qarşilik guvohi bölamiz:

🇫🇷Fransiya — 🇪🇸Ispaniya (14-iyul 23:59)
🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Angliya — 🇦🇷Argentina (15-iyul 23:59)

Katta afişalar! Mazza qilsak kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek