Misr, Argentina va Kolumbiya nimçorak finalda
⚽️Misr, Argentina va Kolumbiya nimçorak finalda
🇦🇺Avstraliya — 🇪🇬Misr uçraşuvining asosiy vaqtida hisob 1:1 böldi. Qöşimça bölimlarda jamoalar boşqa gol kiritişmadi. Penaltilar seriyasida esa misrliklarning qöli baland keldi – 4:2.
🇦🇷Argentina — 🇨🇻Kabo-Verde öyinida esa janubiy amerikaliklar kutilganidan jiddiyroq qiyinçilikka uçraşdi. Dastlab 29-daqiqada Lionel Messi hisobni oçdi. 59-daqiqada esa Kabo-Verde gol urib, öyinning asosiy vaqti 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Qöşimça bölimlarning boşida Argentina gol urib, yana hisobda oldinga çiqib oldi, biroq Kabo-Verde 103-daqiqada ikkinçi bor hisobni tenglaştira oldi. Hammasi penaltilar seriyasiga qarab ketayotgan bir paytda, 111-daqiqada esa argentinaliklar ğalaba golini urib, öyinga oxirgi nuqtani qöyişdi – 3:2.
Ularning keyingi bosqiçdagi raqibi 🇪🇬Misr terma jamoasi böladi. Turnir kaşfiyotiga aylangan Kabo-Verde esa mundial bilan xayrlaşdi.
🇨🇴Kolumbiya — 🇬🇭Gana öyini Lotin Amerikasi vakillarining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Kolumbiya 1/8 finalda 🇨🇭Şveysariyaga qarşi bahs olib boradi.
👉 @xushnudbek 👈


