Argentinadan super kambek, Misr alamli yutqazdi
🇦🇷Argentinadan super kambek, 🇪🇬Misr alamli yutqazdi
Menimça, biz mundialdagi eng çiroyli öyinlardan birini kördik.
Hayajon va dramatik voqealarga boy öyinda Argentina çempionlarga xos xarakter körsatib, 0:2 hisobidagi mağlubiyatni ğalabaga aylantira oldi.
Dastlab Misr 15-daqiqada hisobni oçdi. Undan keyin 21-daqiqada Messi penaltini ura olmadi. Misr darvozaboni Mustafo Şobir juda köp super seyvlar amalga oşirdi.
59-daqiqada Misr urgan gol hisoblanmadi. Lekin 67-daqiqada Mustafo Ziko baribir gol urişga erişa oldi va Misr 2:0 hisobida oldinga çiqib oldi.
Ammo Argentina 79-daqiqada Kristian Romero, 83-daqiqada Messi urgan gollar evaziga hisobi tenglaştirdi.
90+2-daqiqada qarşi hujumda Enzo Fernandez Argentinani çorak finalga olib çiquvçi golni urib ketdi.
Endi Argentina çorak finalda 🇨🇭Şveytsariya - 🇨🇴Kolumbiya juftligi ğolib bilan öynaydi.
Misr esa qahramonlar kabi uyiga qaytadi. Menimça, ularga heç qanaqa eʼtiroz bölişi mumkin emas.
👉 @xushnudbek 👈
- 9 Telegram Stars



