Atayin notöğri penalti belgilagan hakam umrbod hakamlikdan çetlatildi
Atayin notöğri penalti belgilagan hakam umrbod hakamlikdan çetlatildi
⚽️Coca-Cola Superliga 19-turi doirasidagi 🔵 “Buxoro” – “Olimpik” ⚪️ bahsining 100-daqiqasida boş hakam Komiljon Rasulov “Buxoro” darvozasi tomon penalti belgilaydi. U VARdagilar taklifiga köra videotakrorlarni körib çiqqandan söng ham qarorini özgartirmaydi.
Öyin taqdirini hal qilgan bahsli vaziyat Ekspert-hakamlar komissiyasining favqulodda yiğilişida körib çiqilib, bir ovozdan penalti notöğri belgilangan deb topildi.
Hakamning özi aybiga iqror bölib, penalti yöqligini bilib turgan bölsa ham, “Buxoro” jamoasi vakillari uni haqorat qilgani uçun atayin qasd oliş maqsadida penalti belgilaganini tan olgan.
ÖFA futbol faoliyatini nazorat qiliş maxsus inspeksiyasi tomonidan Komiljon Rasulov futbol hakamligidan umrbod çetlatildi.
👉 @xushnudbek 👈



