«Söğdiyona» – «Turon» uçraşuvi boş hakami Viktor Serazitdinov nomuayyan muddatga hakamlikdan çetlatildi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzÖzbekiston Super ligasining 2-turida «Söğdiyona» bahsli penalti evaziga ğalaba qozondi. Muallif futbolni byudjetdan moliyalaştirişni töxtatişni taklif qilmoqda.«Söğdiyona» – «Turon» uçraşuvi boş hakami Viktor Serazitdinov nomuayyan muddatga hakamlikdan çetlatildi
Bu haqda ÖFA bayonot berdi. Bugun, 15-mart kuni ÖFA Hakamlik qömitasi tomonidan Viktor Serazitdinovning xatti-harakatlari atrofliça tahlil qilib çiqilgan.
Tahlil natijasida, boş hakam uçraşuvning 29-daqiqasida «Söğdiyona» darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilamaganligi aniqlandi. Şuningdek, boş hakam 52-daqiqada «Turon» futbolçisi öz jarima maydonida töpni qöli bilan öynadi deya baholab, penalti belgilagan vaziyat xato ekanligi qömita vakillari tomonidan qayd etildi.
ÖFA Hakamlik qömitasining yakuniy qaroriga muvofiq, qöpol xatolarga yöl qöyganligi hamda uşbu xatolar öyin natijasiga taʼsir ötkazganligi sababli Viktor Serazitdinovning mazkur uçraşuvdagi faoliyati qoniqarsiz deb baholandi va hakamlik faoliyatidan nomuayyan muddatga çetlatildi.
P.S.: nomuayyan muddat — bu qaçongaça degani? Odamlarni sal esidan çiqib, bu voqeani unutgungaçami?
👉 @xushnudbek 👈


