Ayrim pedagogika yönalişlarida staj bölmasa ham sirtqi taʼlimga hujjat topşirişga ruxsat berildi
❗️Ayrim pedagogika yönalişlarida staj bölmasa ham sirtqi taʼlimga hujjat topşirişga ruxsat berildi
#abituriyent
Avval xabar berganimizdek, pedagogika sohasida sirtqi taʼlim şakliga umumiy qabul töxtatilgan edi. Yaʼni 14 ta pedagogik yönalişda sirtqi taʼlim butunlay yopilgan (röyxati yuqoridagi suratda), qolgan yönalişlarga esa faqat 5 yil pedagogik stajga ega xodimlargina hujjat topşira oladigan bölgandi.
Aytaylik, joriy yilda maktabni tugatgan abituriyent heç qaysi pedagogika yönalişiga sirtqi taʼlim uçun hujjat topşira olmas edi (kunduzgi va keçki taʼlimda bunday taqiq yöq).
Endilikda Davlat qabul komissiyasining bayoni bilan, ayrim pedagogik yönalişlarning sirtqisiga hujjat topşirişga ruxsat berildi. Aniqroği 5 yillik staj talab etiladigan yönalişlarning aniq röyxati tasdiqlandi. Bular:
🔹 boşlanğiç taʼlim;
🔹 tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa taʼlimi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik taʼlim.
👆Mana şu 5 ta yönalişning sirtqi taʼlim şakliga xalq taʼlimi tizimida kamida 5 yil iş stajiga ega bölib, hozirda uşbu tizimda faoliyat körsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida röyxatdan öta oladi. Boşqalarga hujjat topşirişga ruxsat yöq.
✅ Yuqoridagi 5 ta yönalişdan boşqa barça pedagogik yönalişlarning sirtqisiga esa istalgan abituriyentlar hujjat topşira oladi. Masalan:
🔸Pedagogika;
🔸Maktabgaça taʼlim;
🔸Tarix;
🔸Maktabgaça va boşlanğiç taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
🔸Milliy ğoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi.
Şu kabi taʼlim yönalişlarining sirtqisiga hujjat topşiriş uçun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil iş staji talab etilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈

