Sirtqi taʼlimga qabul töxtatiladimi?
❓Sirtqi taʼlimga qabul töxtatiladimi?
#abituriyent
Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul töxtatildimi?" degan savollar köpaydi. Şu böyiça tuşuntiriş bermoqçiman.
1️⃣ Birinçidan, uşbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yönalişlariga taalluqli. Röyxati yuqoridagi suratda berilgan. Mana şu 14 ta yönalişga joriy yildan boşlab ❌ qabul töxtatildi.
Boşqa yönalişlarda sirtqi taʼlim böyiça ✅ qabul töxtatilmagan.
2️⃣ Ikkinçidan, PEDAGOGIKA sohasida yönalişlar köp, yuqoridagi 14 tadan boşqa yönalişlarga sirtqiga hamma topşira oladimi?
❗️Yöq, topşira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boşqa yönalişlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik iş stajiga ega bölgan şaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.
✅ Yana qaytaraman, bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boşqa sohalardagi yönalişlarga bu qarorning aloqasi yöq.
Şuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yönaliş uçun kunduzgi va keçki taʼlim şaklida ham çeklovlar yöq, istalgan abituriyent hujjat topşirişi mumkin.
ℹ️ Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori
👉 @xushnudbek 👈


