Muhim

Ayrim tibbiyot xodimlarining iş haqlari oşirildi

Matn22-may, 2025, 12:181 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Ayrim tibbiyot xodimlarining iş haqlari oşirildi

Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga köra, tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (şahar) markaziy şifoxonalarida şifokorlarning oylik lavozim maoşlari – 20 foiz, örta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoşlari – 10 foiz miqdorida oşiriladi.

☑️ Tajriba-sinov loyihasi doirasida oilaviy poliklinikalar va tuman (şahar) markaziy şifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun faoliyat samaradorligi körsatkiçlari (KPI) asosida oylik lavozim maoşining 100 foizigaça miqdorda ustama joriy etiladi.

Şuningdek, birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda qöşimça ustamalar tölanadi:

🔹 sayyor tibbiy xizmat körsatuvçi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoşi yoki bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;

🔹 tibbiyot brigadasiga belgilangan meʼyorlardan 10 foiz ortiqça qöşimça biriktirilgan aholining har biri uçun mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 0,3 foizi miqdorida – şaharlarda, 0,5 foizi miqdorida – tumanlarda;

🔹 oila salomatligi böyiça maxsus öquv dasturi asosida taşkil etiladigan kurslarning barça bosqiçlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uçun sertifikatga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek