Tibbiyotni boşqariş böyiça sertifikatga ega ayrim rahbarlarga 100 foizgaça ustamalar tölanadi
❗️Tibbiyotni boşqariş (menejerlik) böyiça sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ham 100 foizgaça ustamalar tölanadi
Unga köra, tajriba-sinov loyihasi doirasida tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlari va tibbiyot muassasalarida:
🔹 rahbarlar uçun tibbiyotni boşqariş (menejerlik) böyiça öquv dasturi yölga qöyiladi;
🔹 öquv dasturi yakuni böyiça sertifikatga ega bölgan rahbarlarga oylik lavozim maoşining 100 foizi, rahbar örinbosariga – 80 foizi hamda boş hamşiraga – 50 foizi miqdorida ustama tölanadi;
🔹 rahbar xodimlar uçun faoliyat samaradorligi körsatkiçlari (KPI) belgilanadi hamda oylik lavozim maoşining 100 foizigaça miqdorda ustama joriy etiladi;
🔹 1 yil davomida faoliyat samaradorligi körsatkiçlarida (KPI) ijobiy (56 foizdan yuqori) natijalarga erişmagan rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilinadi.
🏢 Tajriba-sinov loyihasi doirasida hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan belgilanadigan röyxatga muvofiq taşkiliy, boşqaruv va moliyaviy jihatdan birlaştirilib köp tarmoqli şifoxonalarga aylantiriladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


