Tezkor

Ayrim tumanlardagi davlat boğçalarida tölovlar miqdori kamaytirildi

Matn2-yanvar, 2023, 17:421 daqiqa0 koʻrish

⚡️Ayrim tumanlardagi davlat boğçalarida tölovlar miqdori kamaytirildi

Prezident qaroriga (PQ–471, 30.12.2022 y.) köra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat boğçalarida bola taʼminoti uçun tölovlar tumanlarning toifasidan kelib çiqib, quyidagiça kamaytiriladi:

🔹4- va 5-toifadagi tumanlarda - 50 foiz;
🔹3-toifadagi tumanlarda - 30 foiz.

Maʼlumot uçun, Prezident farmoniga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boşlab, Özbekistondagi barça — 208 ta tuman va şahar iqtisodiy ahvolidan kelib çiqib, 5 ta toifaga ajratildi. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratiş tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş çoralari belgilanadi.

Tuman va şaharlarning qaysi toifaga mansubligi bilan bu yerda tanişiş mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek782 ming obunachi