Sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitovga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlandi

Matn15-sentabr, 2025, 18:572 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitovga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlandi

Sud hukmiga köra A. Voitov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismi “a” bandi va boşqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan yetkazilgan moddiy zararning örni töliq qoplanganligi sababli 3 yil muddatga boşqaruv tizimi, rahbarlik va mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarini egallaş huquqidan mahrum qilgan tarzda bazaviy hisoblaş miqdorining 400 baravari miqdorida jarima va har oylik iş haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi.

Sudning hukmi bilan jinoyat böyiça yetkazilgan zarar sud jarayoni davomida töliq qoplanganligi sababli A. Voitovga ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazo tayinlanib, depozit hisob raqamiga tölangan pullar davlat foydasiga ötkazilişi belgilangan.

Şuningdek, uşbu sud işi doirasida Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligida xizmatlar körsatiş agentligi direktori lavozimida işlagan X.Karimovga Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarni egallaş huquqidan mahrum qilgan holda 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Qolgan 60 nafar sudlanuvçiga qilmişiga muvofiq ravişda tegişli jazolar, xususan, 9 nafariga ozodlikdan mahrum qiliş, 51 nafariga esa ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan jazolar tayinlandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek