Diplomatiya
BAA Prezidenti Özbekiston elçisini Birinçi darajali Mustaqillik ordeni bilan mukofotladi
Foto19-yanvar, 2026, 18:281 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
BAA Prezidenti Özbekiston elçisini Birinçi darajali Mustaqillik ordeni bilan mukofotladi
Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoyid Ol Nahyon Özbekiston Respublikasining BAAdagi favqulodda va muxtor elçisi Aqqulov Abdulaziz Örolboyeviçni uning elçilik muddati yakunlangani munosabati bilan Birinçi darajali Mustaqillik ordeni bilan mukofotladi.
Orden BAA davlat vaziri Said bin Muborak al-Hajariy tomonidan topşirildi. Al-Hajariy elçimizga yangi vazifalarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Maʼlumot uçun, 2025-yil 24-dekabrdagi Prezident qaroriga köra, Abdulaziz Aqqulov Turizm qömitasi raisi etib tayinlangan edi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


