Donald Tramp Şavkat Mirziyoyevni Yaqin Şarqda tinçlikni mustahkamlaş taşabbusiga qöşilişga taklif etdi
Prezident Şavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Trampdan Yaqin Şarqda tinçlikni mustahkamlaş va mojarolarni hal etiş böyiça xalqaro taşabbusga qöşiliş böyiça rasmiy taklif kelib tuşdi.
Maktubda qayd etilişiça, uşbu taşabbus 2025-yil 29-sentyabrda eʼlon qilingan va jahon yetakçilari tomonidan qöllab-quvvatlangan, şuningdek, BMT Xavfsizlik Kengaşining 2025-yil 17-noyabrdagi 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan maʼqullangan Ğazodagi mojaroni tugatiş böyiça kompleks rejaga asoslanadi.
Taşabbusning asosiy maqsadi uzoq muddatli tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikni şakllantiriş uçun masʼuliyatni öz zimmasiga olişga tayyor bölgan davlatlarni birlaştirişga qaratilgan yangi xalqaro tuzilma - Tinçlik kengaşini tuzişdan iborat.
Özbekiston Respublikasiga Tinçlik kengaşiga taʼsisçi davlat sifatida qöşiliş taklif etildi.
Davlatimiz rahbari amerikalik hamkasbiga javob maktubini yöllab, unda Özbekiston Tinçlik kengaşiga taʼsisçi davlat sifatida qöşilişga tayyorligini bildirdi.
Prezidentimiz öz maktubida uşbu taşabbusga Yaqin Şarqdagi köp yillik nizolarni hal etiş, keng mintaqada tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş yölidagi muhim qadam sifatida qaralayotganini taʼkidladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars

