Baliqçi tumani hokimi örinbosari qamoqqa olindi

Foto22-avgust, 2024, 17:431 daqiqa0 koʻrish

Baliqçi tumani hokimi örinbosari qamoqqa olindi

Baliqçi tumani hokimligi zaxirasida bölgan 3,75 gektar yer maydonining 1,75 gektarini “E-auksion” orqali arzon narxda olib beriş, qolgan 2 gektarini esa 2019-yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 30 ming AQŞ dollari olgan vaqtlarida tuman Uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boş mutaxassisi va tibbiy xizmat körsatişga ixtisoslaşgan MÇJ xodimi aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar bermoqda.

Şuningdek, tergovga qadar tekşiruv davomida, ular uşbu masalani tuman hokimining örinbosari orqali hal etişlari aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor şaxs 30 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tuman hokimi örinbosari va Uy-joy kommunal xöjaligi bölimi boş mutaxassisiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek