Tushuntirish

Bank-moliya akademiyasining magistraturasida öqiyotgan xotin-qizlar uçun kontrakt tölovlari qoplab beriladi

Matn7-oktabr, 2024, 18:272 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bank-moliya akademiyasining magistratura mutaxassisliklari böyiça tahsil olayotgan xotin-qizlar uçun kontrakt tölovlari belgilangan tartibda davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladigan bölibdi.

❓Muammo nimada?

Bank-moliya akademiyasi 2 yil davomida belgilangan kvotadan taşqari talaba qabul qilgan (mendagi maʼlumotlarga qaraganda, qöşimça kvotaga qabul qilingan talabalar soni haddan taşqari köp).

Natijada qöşimça kvota asosida qabul qilingan xotin-qizlarning tölov-kontraktini tölaş böyiça tuşunmovçilik yuzaga kelgan. Tegişli taşkilotlar faqat kvota doirasida olingan xotin-qizlarning kontraktini davlat byudjeti hisobidan qoplab beramiz degan. Sababi Prezidentning 15.06.2022-yildagi PQ-279-sonli qarorining 3-bandida quyidagiça belgilangan edi:

b) davlat budjeti mablağlari hisobidan quyidagilar qoplanadi:

2022/2023 öquv yilidan boşlab davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning tölov-kontrakt miqdori.

Şundan söng, Bank-moliya akademiyasi qöşimça kvota asosida magistraturaga kirgan xotin-qizlarga kontrakt tölaş lozimligini maʼlum qilgan.

Bu esa tabiiyki talabalarda eʼtiroz uyğotgan. Çunki Hukumatning 15.08.2022-yildagi 447-sonli qarorida magistraturada öqiyotgan barça xotin-qizlarning kontrakti davlat byudjetidan qoplanişi belgilangan, uşbu qaror va u bilan tasdiqlangan Nizomda "qabul parametrlari doirasida" degan jumla mavjud emas.

✅ Muammoning yeçimi

Ikkita huquqiy hujjatda ziddiyat mavjud. Aslida "Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida"gi qonunga köra, Prezident qarori Vazirlar Mahkamasi qaroridan ustunroq bölişi va qabul parametrlaridan taşqarida qabul qilingan xotin-qizlarga kontraktlar tölab berilmasligi kerak edi.

Ammo yangilangan Özbekiston Konstitutsiyasining 20-moddasida quyidagiça band belgilangan:

Inson bilan davlat organlarining özaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunçilikdagi barça ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.

Şunga köra, uşbu vaziyatda Hukumat xotin-qizlar foydasiga qaror qabul qildi hamda Bank-moliya akademiyasining magistraturasiga qöşimça kvota bilan qabul qilingan barça xotin-qizlarning kontrakti davlat byudjetidan qoplab beriladigan böldi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek