Fikr

Banklar qaçon «odam» böladi?

Matn31-avgust, 2022, 10:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzPQ-323-sonli qarorga köra, OTM va texnikumlarda öqiyotgan xotin-qizlarga 7 yil muddatga foizsiz taʼlim krediti ajratiladi. Foizlarni davlat tölab beradi.

Banklar qaçon "odam" böladi?

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga köra, tölov-kontraktda öqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boşlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan böldi.

Uşbu yangi tizim ijrosi uçun quyidagi 12 ta bank tanlab olingan:
1. Agrobank
2. Aloqabank
3. Asaka bank
4. Ipoteka bank
5. Qişloq quriliş bank
6. Mikrokreditbank
7. Milliy bank
8. Oriyent finans bank
9. Turonbank
10. Özsanoatqurilişbank
11. Xalq banki
12. Hamkorbank

Oradan bir yarim oy vaqt ötdi. Ammo haligaça kredit sörab borayotgan xotin-qizlarga banklar turli vajlar bilan rad javobi berişmoqda. Kimdir umuman bundan bexabar, kimdir albatta foiz tölaysan deyapti, kimdir xususiyga bermaymiz desa, kimdir faqat kam taʼminlanganlarga beramiz deydi, kimdir bu hali kuçga kirmagan deyapti. Ming xil bahona, ming xil vaj-karson. Bu yuqoridagi röyxatda nomlari sanalgan deyarli barça banklar bilan sodir bölmoqda (1-2 ta istisnoni hisobga olmasa).

Xöp, ilgari taʼlim kreditini banklar xuşlamas edi, bizga resurs berilmagan, bankga bundan foyda yöq, deb dod-voy qilişardi. Lekin 2 yildan buyon bozor qonuniyatlari asosida davlat hamma xarajatni banklar uçun qoplab beradigan böldi. Lekin şundan keyin ham vaziyat juda bir yaxşi tomonga özgarib ketgani yöq.

Nima uçun bank sohasiga oid özgarişlardan bankdagilarning xabari bölmaydi? Har bir filialga kuçga kirgan özgariş va yangiliklarni yetkaziş nahotki şunçalar qiyin bölsa? Nima uçun mijozlarga normal xizmat körsatişni taşkil etolmaysizlar?

Yoki foizsiz taʼlim kreditini sörab kelgan xotin-qizlardan "qöl haqi" (şaxsiy marja) olib bölmasligi uçun ularga xizmat körsatişni xohlamayapsizlarmi?

Qaysi bankning boş ofisi bilan gaplaşmang, barçasi "bizda muammo yöq, foizsiz kredit berişga tayyormiz, muammo çiqsa bizga aytsin, hal qilamiz", deydi. "Ruçnoy" mexanizmda muammoni yeçişga juda ustamiz. Lekin tizim yaratişga kelganda siçqonning ini ming tanga bölib ketadi.

Odamlarni sarson qilayotgan har bir filialingizga Prezident qarorida belgilangan vazifalarni yetkazinglar, böldi, heç qanaqa muammo ham bölmaydi şunda.

Hademay, yangi öquv yili boşlanadi. Şu paytgaça faqat xususiy OTMlarga kirgan abituriyentlar bankka kredit sörab borgan bölsa, 5-sentabrdan boşlab, 100 minglab talabalarda bunday ehtiyoj paydo böladi. Xöş, ungaça banklarda vaziyat özgaradimi? Yoki yana hammani sarson qilişda davom etişadimi?

Şunaqa paytlari doimiy savol yodimizga tuşadi:
Banklar qaçon "odam" böladi?

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek