Tushuntirish

BMB izoh berdi: imtihonsiz talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozi bor abituriyentlarning javobi çiqqan

Matn21-avgust, 2023, 10:311 daqiqa0 koʻrish

BMB izoh berdi: imtihonsiz talabalikka tavsiya etiladigan imtiyozi bor abituriyentlarning javobi mandatdan oldin çiqqan

Oliy taʼlim muassasalariga kirişda bir qator imtiyozlar mavjud bölib, ayrim imtiyozlar imtihonsiz qöşimça kvota doirasida talabalikka tavsiya etiş uçun asos böladi.

Misol uçun, xalqaro sport musobaqalari ğoliblari oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim yönalişlariga qöşimça davlat granti asosida qabul qilinadi.

Şuningdek, xalqaro fan olimpiadalari ğoliblari, “Mard öğlon” va “Zulfiya” davlat mukofotlari sohiblari kabi 10 dan ortiq turdagi imtiyozlar ham abituriyentlarning imtihonsiz qöşimça davlat granti asosida talabalikka tavsiya etişga asos böladi.

“Zakovat” intellektual öyini ğoliblari esa OTMlarning tegişli taʼlim yönalişlariga imtihonsiz bazaviy tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Şuningdek, Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvçilari ham imtihonsiz bazaviy tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi.

Keça eʼlon qilingan abituriyentlar mazkur imtiyozlardan biriga ega bölgani uçun töğridan töğri tavsiya qilişga nomzodlar sifatida mandat.uzbmb.uz saytida yaşil yoki sariq rangda körsatilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek