Joriy yilgi bitiruvçilarining 36 foizi 56,7 balldan kam töplagan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzÖzbekistonda 439 mingdan ortiq abituriyent ötiş balining eng quyi çegarasini töplay olmadi. Eng yomon körsatkiç Sirdaryo viloyatida qayd etildi.Joriy yilgi bitiruvçilarining 36 foizi 56,7 balldan kam töplagan
#abituriyent
🟢 Taʼlimi eng yaxşi hududlar: Buxoro, Navoiy hamda Toşkent şahri.
🔴 Taʼlimi eng yomon hududlar: Andijon, Toşkent viloyati hamda Surxondaryo.
mandat.uzbmb.uz saytidagi oçiq maʼlumotlarga köra, joriy yilda jami abituriyentlarning salkam yarmi (49,4%) ötiş balining eng quyi çegarasi bölgan 56,7 balni ham töplay olmaganini xabar qilgandim.
Maʼlum böldiki, 56,7 balldan kam töplagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda öqişni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvçilar bölgan.
Joriy yilda maktab va litseylarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoşlar testga kirgan. Şularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam töplaşgan.
2023-yilda eng yomon körsatkiç, Andijon viloyatida (41,9%), eng yaxşi körsatkiç esa Buxoro viloyatida (27,1%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).
Yaʼni Buxoroda joriy yili maktab va litseyni tugatgan öquvçilarning 72,9 foizi 56,7 balldan köproq natija körsatgan.
Özi umuman joriy yilgi bitiruvçilarining örtaça bali 76,1 balni taşkil qilmoqda.
Uşbu natijalar hududlar kesimida taʼlim sifati qayerda yaxşiligini ham körsatadi.
***
56,7 ball — bu töplaş mumkin bölgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent heç bölmasa 30% bilimga ega bölsa, uşbu körsatkiçni töplay oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak töğri bölar balki.
👉 @xushnudbek 👈

