Diplomatiya

BMTda Özbekiston taşabbusi bilan Markaziy Osiyoga oid rezolyutsiya qabul qilindi

Matn23-may, 2026, 20:101 daqiqa0 koʻrish

BMTda Özbekiston taşabbusi bilan Markaziy Osiyoga oid rezolyutsiya qabul qilindi

Şavkat Mirziyoyev ötgan yili BMT Boş Assambleyasining 80-sessiyasida Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror rivojlanişni taʼminlaş maqsadida mintaqaviy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani mustahkamlaşga doir rezolyutsiya qabul qilişni taklif etgan edi.

Uşbu rezolyutsiya 20-may kuni BMTda 66 ta davlat tomonidan qöllab-quvvatlanib, bir ovozdan qabul qilindi.

Hujjat Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar örtasidagi muvofiqlikni kuçaytirişga çaqiradi. Bu orqali iqlim özgarişi, suv resurslari, migratsiya va oziq-ovqat xavfsizligi kabi umumiy muammolarga birgalikda yeçim topiş salohiyati yuzaga çiqadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek