Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 2 mlrd söm zarar yetkazildi
❗️Termizda 217 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 2 mlrd söm zarar yetkazildi
Şahar quriliş bölimi boşliği mahalliy MÇJ rahbari bilan til biriktirib, “Döstlik” mahallasidagi yuridik texnikum hududida daraxtlarni köçiriş işlarini taşkil etiş uçun dastlab 20 mln sömlik şartnoma rasmiylaştirgan.
Viloyat Ekologiya va Milliy gvardiya boşqarmalari daraxtlarni köçiriş va kesişga ruxsat bermaganiga qaramay, 217 tup daraxt özboşimçalik bilan kesib taşlangan.
Buning oqibatida ösimlik dunyosiga 2 mlrd 69 mln 437 ming 500 söm zarar yetkazilgan.
Sud şahar quriliş bölimi boşliğini Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topib, iş haqining 20 foizi davlat daromadi hisobiga uşlab qolinadigan 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosini tayinladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



