Bojxona qömitasi raisi 5 nafar xodimni işdan böşatdi va tergov organlariga topşirdi

Matn15-noyabr, 2022, 19:152 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bojxona qömitasi raisi 5 nafar xodimni işdan böşatdi va tergov organlariga topşirdi

Bugun Davlat bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov huzurida bölib ötgan navbatdagi xizmat yiğilişida tizimda hanuzgaça korrupsiyaga qöl urayotgan xodimlar uçrayotganligi qattiq tanqid ostiga olindi.

Bojxona organlarining tezkor tuzilmalari tomonidan 5-6 oy davomida kuzatuv ostiga olingan xodimlarning qilmişlari haqida maʼlumot berilgan.

Jumladan, Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi “Oybek” çegara bojxona postida joriy yilning iyun-sentabr oylarida olib borilgan tezkor örganiş işlari natijasida, olib çiqilişi taqiqlangan tovarlar ortilgan yuk avtotransport vositalarini hujjatlarda göyoki böş holatda deya körsatgan holda olib çiqilganligiga doir fakt va dalillar aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.

“Oybek” çegara bojxona posti boşliği örinbosari va 3 nafar xodimlari şu kunning özida bojxona organlaridan böşatildi va tergov organlariga topşirildi.

Bugun tungi soat 3.30-da “Toşkent-AERO” ixtisoslaştirilgan bojxona komlpeksi “Toşkent xalqaro aeroporti” çegara-bojxona postida aniqlangan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniny olib kirişga uriniş holati ham yiğilişda keskin tanqid ostiga olindi. Natijada, mazkur post smena boşliği ham bojxona organlaridan böşatildi.

Bojxona organlari tezkor tuzilmalari tomonidan Farğona viloyatida aniqlangan navbatdagi salbiy holatda esa tovarlarni “reeksport” qilmasdan, içki hududda olib qolinişiga şaroit yaratib bergan xodimlar qilmişi tanqid qilindi. Mazkur holatga aloqador “Qöqon” TIF bojxona postining 1 nafar xodimi bojxona organlaridan böşatildi va holatga aloqador bir qator xodimlar intizomiy jazoga tortildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek