Tayinlov
Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi taşkil qilindi, Jahongir Ahmedov unga direktor etib tayinlandi
Foto15-may, 2025, 15:211 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Prezident qarori bilan Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi qoşida Bolalar kontentini rivojlantiriş markazi taşkil qilindi.
Taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov markaz direktori etib tayinlandi.
Bu haqda ayni daqiqalarda bölib ötayotgan yiğilişda Şavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.
Markaz bolalar tarbiyasi va soğliğiga salbiy taʼsir qiladigan axborot makonidagi kontentni tahlil qiladi. Mahalliy ijodkorlarga milliy kontent yaratiş böyiça buyurtma beradi, sohada kadr tayyorlaşni taşkil qiladi.
Jahongir Ahmedov bunga qadar Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi edi.
👉 @xushnudbek 👈

