Tayinlov

Özbekistonda yangi texnika universiteti taşkil etildi va unga rektor tayinlandi

Foto12-sentabr, 2025, 19:471 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Özbekistonda yangi texnika universiteti taşkil etildi va unga rektor tayinlandi

Toşkent şahrida “ToşTeç” texnika universitetini taşkil etiş töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga köra, universitet muhandislik sohasi uçun xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlaydi hamda akademik, moliyaviy va taşkiliy-boşqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.

Hukumatning tegişli qaroriga köra, Xudoyqulov Adxam Yusupoviç “ToşTeç” texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlaş milliy agentligi direktori edi.

Universitet faoliyati "Boston consulting group" (BSG) konsalting kompaniyasi bilan hamkorlikda yölga qöyiladi.

2025/2026-öquv yilidan Davlat byudjetidan moliyalaştiriladigan 1 yillik tayyorlov kursi joriy etiladi. Bakalavriat taʼlim yönalişlari böyiça taʼlim jarayoni esa 2026/2027-öquv yilidan yölga qöyiladi. 2027/2028-öquv yilidan bosqiçma-bosqiç magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqiçlari joriy etiladi.

Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va tölov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oşiriladi. 2029/2030-öquv yiligaça öqişga qabul qilingan talabalar töliq davlat granti asosida öqitiladi.

👉@xushnudbek👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek