Boysundagi falokatga jiddiy eʼtibor qaratilmayotgandek
Boysundagi falokatga jiddiy eʼtibor qaratilmayotgandek
Surxondaryodagi «Mustaqillikning 25-yilligi» koniga qaraşli quduqda 1-sentyabr kuni avariya bölib, atrofga oltingugurt gazi tarqalişi boşlangan edi. Bugun KunUz hamda GazetaUz naşrlarida uşbu voqeaga oid yaxşi reportajlar eʼlon qilindi.
Reportajlardan ayrim parçalar:
• Boysundagi gaz konida sodir bölgan texnogen falokat töğrisida töqqiz kundirki, tayinli rasmiy maʼlumot berilmadi. Konga yaqin hududdagi qişloqlar aholisi nima qilarini bilmayapti. Kondan çiqayotgan zaharli gaz şamolning yönalişiga qarab atrofdagi hududlarga tarqalişda davom etmoqda.
• Köpçilik yaşab turgan joyini tark etgani uçun Kofrun qişloğida maktab va boğçalar işlamayapti. Dökonlar ham yopiq.
• Qişloqda odamlar jon saqlaş uçun mol-holini taşlab çiqqani uçun öğirliklar ham köpaygan.
“Milliy gvardiya xodimlari dam-badam paydo böladi. Ular ham odam, buning sassiğiga ular ham doş bera olmaydi-da”, – deydi suhbatdoşlardan biri.
• Öşa yerda yaşovçi onaxonlardan biri tovuqlarimiz nobud böldi, mollarimiz ham sekin-asta yemişdan qolmoqda, dedi.
“Sinfdoşlar pul yiğib, kollej va maktablarning sport zallariga köçirilgan qişloqdoşlarimizga oziq-ovqat bozor-öçar qilib taşlab kelyapmiz.
Heç kim yordam bergani yöq bu borada ham.
Odamlarda pul yöq axir”, — deydi yigit.
• «Kofirun qişloğida yaşaydiganlar evakuatsiya qilindi», degan xabarlar çiqdi, lekin ularga boşpana berilmagan. Uyidan çiqarib yuborilgan aholi qarindoşlarining uyida, u eşikdan bu eşikka borib jon saqlayapti. Joy topolmaganlari juda ayançli ahvolda, köçama-köça yurişga majbur bölyapti.
• Boysun şahriga heç kim eʼtibor bermayapti. Bolalar tamoman sölib boryapti. Işlaydigan ota-onalar iloji yöqligidan bolasini boğçaga, maktabga jönatyapti.
• Ayniqsa, «obed» vaqti boğçaning uxlaş xonasiga ham, öyin öynaş xonasiga ham kirib bölmaydi. Derazalar yopiladi, ventilyatorlar yoqiladi, bolalar qusa boşlaydi.
• Onamning mazalari yöq, boş oğriği bilan qusib yotibdilar. Maktablarda öquvçilar ham nafas olişga qiynalyapti. Bugun ham bir neça öquvçining mazasi qoçdi, uydagilari kelib olib ketdi. Davlatimizdan heç bölmasa bolalar va homiladorlar uçun alohida çoralar körilişini söragan bölardim.
• Hamkasblarim körib qolgan ekan — keça «Toza hudud» korxonasining bir avtobus ayollarini zambillarga solib, şifoxonaga olib borişibdi. Ular ertalab Kofirun qişloğini tozalaşga olib borilgan ekan, kun davomida gazdan zaharlanib, yiqilib qolgan. Hamma vraçlar öşa yerda, Termizdan ham şifokorlar kelgan.
• Vaziyat oğir. Gaz yomon taʼsir qilyapti. Ayniqsa, yoş bolalar va keksalarga. Hidi kuçli, holsizlik, boş oğriği va öpkaga taʼsiri juda bilinyapti.
• Vaziyat kundan kunga yomonlaşayotgani bizga yaqqol sezilyapti. Gaz bora-bora organizmni yengmoqda.
• Töğri, gazni yopişga harakat ham qilişayotganini aytişdi, lekin sezilarli natija körmadik. Davlatimizdan gazni tezroq yopib, muammoni bartaraf qilişlarini sörardik.
• Şunday jannatmakon Boysunimiz bor edi. Havosidan maza qilib nafas olardik, suvidan heç kim töymasdi. Qani ular? Esiz, Boysunimiz! Esiz, Boysunim-a?!
Reportajlarni öqiş uçun:
KunUz: https://kun.uz/kr/48027196
GazetaUz: https://gazeta.uz/uz/2024/09/10/boysun/
👉 @xushnudbek 👈
