Surxondaryoda yöl taʼmirlaş bahonasi bilan 61 tup daraxt kesib taşlandi
Surxondaryoda yöl taʼmirlaş bahonasi bilan 61 tup daraxt kesib taşlandi
Natijada ösimlik dunyosiga 293 mln 700 ming sömlik zarar yetgan.
Surxondaryo viloyati Ekologiya boşqarmasining maʼlum qilişiça, Oltinsoy tumanining «Mirşodi» mahallasidan ötuvçi avtomobil yölini kengaytiriş, «Qora ariq» köprigini rekonstruksiya qiliş maqsadida yöl yoqalaridagi köp yillik daraxtlarni kesib oliş uçun tuman hokimligi maʼsul xodimi tuman Ekologiya bölimidan oğzaki ruxsat söragan.
Biroq Ekologiya bölimi bunga rozilik bermagan.
Şunga qaramasdan, nomaʼlum şaxslar keçqurun 61 tup qimmatbaho navli daraxt (2 tup çinor, 54 tup virgin arçasi), 6 tup kam qimmatli daraxt (2 tup terak, 4 tup tol) tag qismi bilan kesib taşlangan.
Holat böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Maʼlumot uçun, Jinoyat kodeksining 198-moddasiga muvofiq, daraxtlarni qasddan nobud qiliş köp miqdorda, yaʼni 99 mln sömdan 165 mln sömgaça zarar yetkazilişiga sabab bölsa, — 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning örni 3 karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmaydi.
👉 @xushnudbek 👈

