Muhim

AQŞdagi Braun universitetida sodir bölgan otişmada özbekistonlik talaba halok böldi

Foto15-dekabr, 2025, 10:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️AQŞdagi Braun universitetida sodir bölgan otişmada özbekistonlik talaba halok böldi

Hodisa şanba, 13-dekabr kuni Rod-Aylend ştati Providens şahridagi universitetning muhandislik fakulteti binosida yuz bergan.

Qurollangan şaxs binoga bostirib kirib, talabalarga qarata öq uza boşlagan. Hodisa oqibatida 2 nafar talaba halok bölgan, ulardan biri özbekistonlik Muhammadaziz Umurzoqov edi.

Hodisada, şuningdek, 9 nafar talaba jarohat olgan.

Politsiya otişmada gumonlangan 24 yoşli Benjamin Erikson ismli yigitni qölga olgan. U AQŞ armiyasining sobiq oddiy askari bölib, merganlik tayyorgarligidan ötgani aytilmoqda.

Hozirça u nima sababdan otişma sodir etgani maʼlum emas.

Özbekiston TIV Muhammadaziz Umurzoqovning halok bölgani munosabati bilan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek