«Elektron retsept» tizimi bosqiçma-bosqiç amaliyotga joriy etiladi
❗️“Elektron retsept” tizimi bosqiçma-bosqiç amaliyotga joriy etiladi
Tibbiyot mutaxassislari va ekspertlar iştirokidagi muhokamalar yakunida bildirilgan taklif va fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda, amalga oşirilayotgan mexanizmlarni mustahkamlaş va aniqlaştiriş, “Elektron retsept” tizimini joriy etişning keyingi bosqiçma-bosqiç tartibini belgilaş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği qabul qilindi.
Bunda tizimli taʼsirga ega antibiotiklar, sintetik antibakterial preparatlar hamda gormonal dori vositalari uçun elektron retsept majburiy bölişini nazarda tutuvçi birinçi bosqiç belgilandi.
Keyingi bosqiçlarda qaysi dori vositalari retseptli berilişini Ekspertlar kengaşi hal qiladi.
Dorixonalarda retseptli dori vositalarini elektron retsept asosida beriş (şu jumladan, bemorning JŞŞIRi orqali) tartibi belgilanadi, qolaversa, tizim töliq joriy etilgunga qadar va favqulodda vaziyatlarda istisno tariqasida qoğoz körinişidagi retseptlarni rasmiylaştiriş imkoniyati saqlab qolinadi.
Bemor yoki uning vakilida elektron retsept bölmagan taqdirda, dorixona farmatsevtiga şaxsni tasdiqlovçi hujjat (qoğoz yoki elektron şaklda) asosida JŞŞIRni kiritib, tizim orqali elektron retsept bilan tanişiş va retsept böyiça dori vositasini beriş huquqini taqdim etuvçi mexanizm belgilanadi.
👉 @xushnudbek 👈


