Bu yurtda odam zerikib qolmaydi, deymanku
Bu yurtda odam zerikib qolmaydi, deymanku.
Keça, 24-may kuni Mirzo Uluğbek tumanidagi Yangi Moskva turar joy kompleksida, 8-qavatdagi uylardan birining balkonida turgan 🇺🇦Ukraina bayroği öt öçiriş maşinasi jalb qilingan holda olib taşlanibdi.
Eng qiziği uy egalari bayroq olinayotgan paytda uyida bölmagan, umuman Özbekistonda ham bölmagan, Turkiyada bölişgan.
Asli Ukrainada tuğilgan xonadon egasi Rejep Latipovning BBC özbek xizmatiga aytişiça, bayroq olib taşlanişidan 3 soatça avval özini Mirzo Uluğbek tumani IIB xodimi deb taniştirgan şaxsdan qönğiroq bölgan va bayroqni olib taşlaş haqida topşiriq bölganini aytgan.
Qiziq, juda qiziq. Ukraina bayroği Rossiyada taqiqlangani rost. Ammo qaçondan buyon Özbekistonda ham taqiqlandi? Yoki biz Rossiya qonunlariga amal qilişni boşlab yubordikmi?
Konstitutsiyada belgilab qöyilgan şaxsiy mulk huquqiga tajovuz qilib, uy egasining heç qanday ruxsatisiz va sud qarorisiz birovning uyidagi Özbekiston qonunçiligida taqiqlanmagan narsani olib taşlaşga kimning nima haqqi bor?
Huquqni muhofaza qiluvçi organlarning asosiy vazifasi şaxslarning konstitutsiyaviy huquq va erkinlarini himoya qilişmi yoki aksinça bunga tajovuz qilişmi?
Qiziq, juda qiziq. Nima deyişga ham hayronman. Qaysi kallasi katta odam bunaqa ahmoqona qaror qabul qildi ekan-a?
👉 @xushnudbek 👈



