Bugun içki işlar organlari xodimlari kuni!
Bugun içki işlar organlari xodimlari kuni!
Barça içki işlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan çin qalbdan tabriklayman!
Özbekistondagi eng katta huquqni muhofaza qiluvçi organ sifatida yurtimiz tinçligini himoyalaşda beqiyos hissa qöşyapsiz.
Töğri, sönggi vaqtlarda tizimdagi nopok va vijdonsiz insonlar tomonidan qilingan qonunbuzarliklar tufayli sohaga tanqidlar yana köpayib ketdi. Işonçni qayta tiklaş uçun hali köp işlar qiliş kerak.
Rivojlangan davlatlarda mamlakat politsiyasi xalqning eng işonçli dösti, himoyaçisi. Men ham Özbekiston içki işlar organlari xuddi ana şunday tizim bölişini orzu qilaman. Odamlar formali xodimni körganda yuragiga ğulğula tuşmasdan, aksinça, xotirjam bölişi kerak.
Tizimda, kerak bölsa, Vatani va xalqi uçun jonini ham berişga tayyor fidoyi xodimlar köp. Ana şu vatanparvar xodimlar yordamida biz orzu qilayotgan darajaga yetamiz, Xudo xohlasa.
Xalq xizmatidan çarçamang! Bayramingiz muborak!
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars



