Sport

Bugun Osiyo öyinlarida şaxmat musobaqalari öz yakuniga yetadi

Albom7-oktabr, 2023, 09:023 daqiqa0 koʻrish

Bugun Osiyo öyinlarida şaxmat musobaqalari öz yakuniga yetadi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yakubboyev, Jahongir Vohidov va Şamsiddin Vohidovdan iborat Özbekiston erkaklar terma jamoasi 8 ta turdan keyin 3-örinda bormoqda va bronza medali olişga yaqin turibdi.

Turnirda Eron 7 oçko bilan peşqadam, Hindiston 6,5 oçko bilan 2-örinda, Özbekistonda esa 6 oçko. Afsuski, 4-turda Eronga mağlub bölganimiz, hammasini hal qilib qöydi. Agar öşanda heç bölmasa durang öynaganimizda, hozir uçala peşqadam jamoada ham bir xil oçko bölardi va Özbekiston qöşimça körsatkiçlar böyiça oltin medal olişi mumkin edi.

Bugun oxirgi turda yigitlarimiz Tailandga qarşi dona suradi. Eron va Hindiston bir munça kuçsiz raqiblar bilan öynaşini hisobga olsak, oltin va kumuş medallarga umid juda va juda kam. Faqat möjizadan umid qiliş mumkin xolos.

Nilufar Yakubboyeva, Umida Omonova, Afröza Hamdamova, Marjona Malikova, Maftuna Bobomurodovadan iborat Özbekiston ayollar terma jamoasi esa ortda qolgan 8 ta turdan keyin 5-örinda bormoqda. Birinçi turda öta kuçli Xitoy bilan durang öynagan qizlarimiz afsuski keyingi öyinlarda 2 marta mağlubiyatga uçradi va kuçsizroq jamoalar bilan durang qayd etdi. Natijada medallar uçun imkoniyat kamayib ketdi.

Hozirgi holatda faqat bronza medali uçun kiçik bölsada umid bor. Buning uçun 2 ta şart bajarilişi kerak: eng avvalo bugun 3-örinda borayotgan va prinsipial raqibimiz bölgan Qozoğiston terma jamoasini mağlub etiş kerak. Durang ham bizga medal bermaydi. Bundan taşqari 4-örinda borayotgan Vetnam oxirgi turda ğalaba qozonmasligi kerak. Xullas, buyoği matematika.

Har ne bölsada, biz şaxmatçilarimizga bugungi bahslarda omad tilaymiz!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek