Sport

Yigitlarimizda yana alamli durang

Albom3-avgust, 2022, 21:292 daqiqa0 koʻrish

Yigitlarimizda yana alamli durang. Qizlarimizda esa yirik ğalaba.

Şaxmat olimpiadasining 6-turida Özbekiston erkaklar terma jamoasi turnirning ikkinçi raqamli jamoasi — Hindiston bilan bahslaşdi. Ğalabaga yaqin edik, ammo tajribali hind şaxmatçilari bir amallab durangni saqlay olişdi.

1-doskada Nodirbek Abdusattorov (2688) Hindistonning eng reytingi baland şaxmatçisi Pentala Harikrişna (2720) bilan kuç sinaşdi. Afsuski Nodirbekning bitta xatosini tajribali raqibi keçirmadi. 34-yurişga kelib, Nodirbek mağlubiyatini tan oldi.

2-doskada Nodirbek Yakubboyev (2620) yana bir taniqli va kuçli şaxmatçi Vidit Santoş (2714) bilan durang öynadi.

3-doskada Javohir Sindorov (2629) Arjun Erigaysi (2689) bilan durang öynadi. Javohir 34-yurişga kelib, katta ustunlikka ega böldi. Kompyuter dasturlari Sindarovning muqarrar ğalabasini körsatdi. Ammo hal qiluvçi pallada Javohir xatoga yöl qöydi va raqibi bundan foydalanib, durangga erişdi.

4-doskada Şamsiddin Vohidov (2552) Krişnan Saşikiran (2638) bilan fantastik öyin körsatdi. Uzoq davom etgan partiyada Saşikiran ança payt mağlubiyatni tan olmadi. Şamsiddin sabr bilan bosimni kuçaytiraverdi. 74-yurişda 2 yurişda aniq mot holati paydo bölgandan keyingina raqibi taslim böldi.

Şunday qilib, yigitlarimiz Hindiston bilan 2:2 hisobida durang öynadi. Yana bir alamli durang. Ammo yigitlarimizga qoyil va barakalla. Kuçli raqiblariga qarşi tizzasi qaltiramayapti, aksinça raqiblar öylaşib munosabatda bölyapti.

Özbekiston 6-turdan keyin 10 oçko bilan 4-örinda bormoqda.

Qizlarimizda nima gap?

Qizlarimiz ham bugun zör öynaşdi. Örtaça reytingda bizdan 200 birlik pastda bölgan Şotlandiyaga heç qanday imkon qoldirmadi va 4:0 hisobida ğalaba qozonişdi. Uşbu natija orqali qizlarimiz turnir jadvalida 37-öringa kötarilib olişdi. Terma jamoamiz hisobida 8 oçko bor.

Ertaga, 4-avgust kuni, turnirda tanaffus böladi. 7-tur öyinlari 5-avgustda bölib ötadi.

Unda yigitlarimiz Peru terma jamoasiga qarşi, qizlarimiz esa Serbiyaga qarşi dona suradi.

Şaxmatçilarimizga omad tilaymiz!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Test savollarini işlaş uçun qança vaqt beriladi?

    0 koʻrish1 daqiqa

  2. Kanalda oʻtkazilgan soʻrovnoma

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing