Bugundan yuridik akademik litseylarga qabul boşlandi
Bugundan yuridik akademik litseylarga qabul boşlandi
Bugun, 20-iyundan boşlab Toşkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-öquv yili uçun umumiy örta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvçilari tomonidan hujjat topşiriş jarayoni boşlandi.
Hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn topşiriladi.
📄 Taqdim etiladigan hujjatlar:
➖ Ariza;
➖ Şaxsni tasdiqlovçi hujjat (tuğilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
➖ 3.5x4.5 ölçamdagi rangli rasm (oq fonda).
▶️ Hujjatlarni onlayn qabul qiliş 10-iyulga qadar (şu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi.
☎️ Ayni paytda akademik litseyda öqişni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalarining qiziqtirgan savollariga tezkor javob beriş maqsadida "Call-center" taşkil etilgan bölib, quyidagi telefon raqamlar orqali boğlaniş mumkin:
▪️M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey — +99871 241-72-44;
▪️Namangan viloyat akademik litseyi — +998 69 233-07-20;
▪️Samarqand viloyat akademik litseyi — +998 66 240-94-15.
👉 @xushnudbek 👈
