Bugungi tayinlovlar haqida
Bugungi tayinlovlar haqida
Bugun 5 ta tumanga hokim tayinlandi: Sardoba, Farğona, Nurobod, Paxtaobod va Asaka.
Sardobadan taşqari qolgan 4 ta tumanning hokimi sentabr oyi oxirida yöl qöygan turli darajadagi kamçiliklari sababli Prezident tomonidan işdan olingan va bu haqda eʼlon qilingan videoselektorda zaldan çiqarib yuborilgan edi.
Tayinlangan yangi hokimlarning örtaça yoşi — 44 yoş (40 yoşdan 51 yoşgaça).
Yana bir jihati hokimlikka tayinlanganlarning beşalasi ham respublika darajasidagi taşkilotlarda işlayotgan edi. Ularning törttasi "zamministr". Agar yodingizda bölsa, davlat rahbari tomonidan "hududlardagi tumanlarga hokimlar aynan "markaz"da (Toşkentda) işlayotganlardan qöyiladi, ular hududlarga tuşib, özining yuqori turuvçi taşkilotlarda orttirgan tajribasini tatbiq etadi", degan fikr aytilgandi. Bugungi tayinlovlarda şu sxema işlaganini köriş mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


