Davlat fuqarolik xizmatçilari odob-axloqining namunaviy qoidalaridan parça
Bu Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatçilari odob-axloqining namunaviy qoidalaridan parça.
Yaʼni davlat fuqarolik xizmatçilari ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va taşkilotlari hamda mansabdor şaxslar faoliyatini muhokama qilmasligi, mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirişi mumkin bölgan materiallarni joylaştirmasligi kerak ekan.
Juda antiq qoida ekan. Masalan, xalq taʼlimi vaziriga ijtimoiy tarmoqlarda «Nega maktablarda haligaça 3 smenada bolalar öqiyapti, nega ayrim joylarda bitta sinfda 40-45 nafar öquvçi bor, nega ayrim joylarda maktablar vayronaga aylangan, nima uçun sizlar bunga qaramaysizlar, maktab qurmaysizlar, ularni taʼmirlamaysizlar?» deb eʼtiroz bildirişsa, vazir bunga javoban «Eʼtirozingiz örinli, lekin maktablar quriş va ularni taʼmirlaş bilan mahalliy hokimliklar şuğullanadi, afsuski joylarda hokimlar bu işlarni köngildagidek bajarmayapti» deb javob bera olmaydi-da, şundaymi? Çunki u hokimliklar (davlat organi) hamda hokimlar (mansabdor şaxs) faoliyatini muhokama qilgan hamda mamlakatda taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda işonçsizlik kayfiyatini yuzaga keltirgan böladi.
Yaʼni davlat fuqarolik xizmatçilari tomonidan bildirilgan deyarli 99,9% har qanday tanqidni endi şunaqa baholaş mumkin böladi. Endi hamma bir-birini va islohotlarni maqtaşi kerak şekilli. Xöp, şu bilan islohotlarimiz yaxşi bölib qolarmikin yoki davlat taşkilotlari zör işlab ketarmikin, hayronman.
Tanqid qiliş mumkinmasligi haqidagi qarorni tanqid qilganim uçun uzr sörayman.
👉 @xushnudbek 👈


