Rasman
Buxoroda YPX xodimi piyodani urib yuborgani böyiça rasmiy maʼlumot berildi
Foto7-may, 2026, 15:391 daqiqa0 koʻrish
Buxoroda YPX xodimi piyodani urib yuborgani böyiça rasmiy maʼlumot berildi
Holat 27-aprel kuni soat 09:05 larda Vobkent tumani Imom Buxoriy köçasida sodir bölgan. Viloyat YHXB xodimi özining “Cobalt” avtomobilida piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotgan 17 yoşli piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda yengil tan jarohatlari olgan. Xodim jabrlanuvçiga birinçi tez tibbiy yordam körsatiş maqsadida uni şifoxonaga olib borgan.
Holat yuzasidan Vobkent tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Ayrim ijtimoiy tarmoq faollaridan, goʼyoki uşbu hodisani "yopdi-yopdi" bölmoqda degan asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini söraymiz. Holat töliq va xolisona örganilib, tergov yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.
👉 @xushnudbek 👈

